
Joshuaga Uaylder bilan jangi uchun "dahshat"li summa taklif qilingan
Sobiq jahon chempioni Entoni Joshua(26-3)ning promouteri Eddi Xirnning xabar berishicha, bir necha yil davomida mijozining Deontey Uaylder(43-2-1, 42 KO)bilan jangi uchun 50 million dollar taklif qilingan.
"Rostini aytsam, mazkur taklif bundan uch-to‘rt yil oldin bo‘lgan.Hech kim taklif bilan kelmadi, faqatgina biz elektron pochta xabarini oldik. Deontey va men do‘st bo‘lganimiz bois men bu ishlarni murakkablashtirishni xohlamadim,ammo bizga jang uchun 50 million dollar berishlari haqidagi elektron pochtani olgach, buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Entoni Joshuaga jo‘natdim, u ham juda hayron bo‘ldi”, — dedi promouter.
Fikrlar